15-aprel Madaniyat va san'at xodimlari kuni!
Hurmatli Madaniyat va san’at xodimlari!!!
So‘ngi yillarda yurtimizda madaniyat va san’at sohasi rivoji yo‘lida amalga oshirilayotgan isloxotlar, yaratilayotgan shart sharoitlar hamda yangidan-yangi manzilli dasturlar, shu sohada xizmat qilayotgan hech bir madaniyat xodimini befarq qoldirmaydi.
Muxtaram Prezidentimizning tashabbuslari bilan 15-aprel "Madaniyat va san’at xodimlari kuni" deb e’lon qilinishi soha egalariga ulkan mukofot va rag‘bat bo‘lganligini baralla aytishimiz mumkin.
Shu munosabat bilan Respublikamizdagi barcha madaniyat va san’at vakillarini, tabarruk ustozlarimizni, ijodkor va iste’dodli yoshlarimizni hamda Respublikamizdagi barcha baxshi, oqin va jirovlarni Madaniyat va san’at xodimlari kuni munosabati bilan chin qalbimizdan samimiy tilaklar bilan muborakbod etamiz.
Hurmat bilan Respublika baxshichilik san’ati markazi
@bakhshi_uzbekistan